O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING TURKIY TILLI DAVLATLAR HAMKORLIK KENGASHI SAMMITIDAGI NUTQI

13.11.2021

Muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari!

Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

Jahon sivilizasiyalari chorrahasida joylashgan go‘zal Turkiya zaminida, qadimiy tarixga ega Demokratiya va ozodlik orolida sizlar bilan diydor ko‘rishib turganimdan benihoya mamnunman.

Hurmatli delegasiyalar rahbarlari!

Umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan Kengashimiz doirasida bugungi kunda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

Og‘ir pandemiya davrida ham biz sherikligimizni kengaytirishga, bir-birimizga yordam berib, aloqalarimizni muntazam rivojlantirishga intilib kelmoqdamiz.

Aminmanki, bugun qabul qilinayotgan qaror bilan Turkiy Kengash nomi “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb o‘zgartirilishi hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ushbu muhim qadam Tashkilotimiz faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, uning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini keskin oshirishiga ishonaman.Uchrashuvimizda imzolanadigan “Turkiy dunyo nigohi – 2040” istiqbolli dasturiy hujjati ham ushbu ezgu maqsadga xizmat qiladi.

Batafsil: https://president.uz.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − 7 =