O’ZBEKISTON VA INDONEZIYA MADANIYAT KUNLARI NISHONLANMOQDA

23.11.2019

Bugun, 23-noyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida O’zbekiston va Indoneziya madaniyat kunlari nishonlanmoqda.

Mazkur tadbirda Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata ishtirok etib, uni kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori A. Abidjanov ham tadbirda so’zga chiqdi.

O’zbekiston va Indoneziya madaniyat kunlari tadbirida Indonez tili bo‘yicha darsliklar taqdimoti bo’lib o’tdi.

Tadbirning madaniy-ko’ngilochar qismida indonez va o‘zbek milliy liboslari namoyish etildi, Indonez – O‘zbek tillarida she’rlar aytildi. Bu esa tadbir ishtirokchilariga yanada ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − eight =