O‘ZBEKISTON VA ITALIYA STRATEGIK SHERIKLIK VA KO’P QIRRALI HAMKORLIKNI DAVOM ETIRADI

10.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella “Ko‘ksaroy” qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdilar.

Italiya Prezidenti Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi hamda mamlakatimizning Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash va integratsiyalashuvni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

Bundan tashqari, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. 

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filialining faoliyati bu boradagi muvaffaqiyatli sheriklikka misol ekani qayd etildi. Ushbu yetakchi oliy ta’lim dargohi negizida Italiyaning ilg‘or texnologiyalari transferi markazi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda italyan tilini o‘rganishga qiziqish o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Maktablarimizda italyan tili o‘qituvchilarini tayyorlash va maktablarimizda uni o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy qilish muhimligi haqida yakdil fikr bildirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Davlat rahbarlari huzurida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish to‘g‘risida Hukumatlararo bitim hamda ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.

president.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × one =