«O’ZBEKISTON VA OZARBAYJON DAVLATLARI O’RTASIDA HAMKORLIKKA BAG’ISHLANGAN XALQARI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

23.05.2023

23-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida «O’zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalarining rivojlanish tarixi, yangi davri va istiqbollari  mavzusida» xalqari ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. 

Konferensiya O’zbekistonda Ozarbayjon milliy madaniyat markazi tashkil etilganligining 20 yilligiga bag’ishlandi. O’zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi, Respublika Ozarbayjon milliy madaniyat markazi  bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjuman universitetda tashkil etilgan Fuzuliy nomidagi O’zbekiston-Ozarbayjon ilmiy-taqdqiqot markaziga tashrifdan boshlandi. Mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar, tadqiqotchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Anjuman yalpi majlisida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi R.Qurbanov, Ozarbayjondagi diaspora ishlari bo’yicha davlat qo’mitasi raisi Fuad Muradov, Respublika Ozarbayjon milliy madaniyat markazi raisi Mobil Mamedovlar so’zga chiqishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − twelve =