O‘ZBEKISTON XITOYSHUNOSLARI UCHUN TADBIR UYUSHTIRILDI

03.02.2024

2-fevral kuni oy taqvimi bo‘yicha kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan Hilton mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston xitoyshunoslari uchun katta tadbir uyushtirildi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov, Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida turli viktorina savollariga javob bergan O‘zDJTU talabalari ham planshet va boshqa qimmatbaho sovg’alar sohibiga aylandi.