O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI XALQARO ZAMONAVIY TA’LIM USULLARI FESTIVALI DASTURI E’LON QILINDI

25.10.2019

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Yoshlar ijod saroyida STEAM Fest festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida tabiiy fanlarni ommalashtirish va STEAM ta’limi sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganishdan iborat.

Festival dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga eng yaxshi ta’lim usullari taqdimoti, bolalarga mahorat darslari, ota-onalarga xorijiy kompaniya vakillarining ma’ruzalari hamda turli tanlov va sovg‘alar tashkil etiladi.

Shuningdek, festival doirasida quyidagi kompaniya vakillarining ishtiroki amalga oshiriladi:

  • Ruslan Svirskiy – New Generation asoschisi (Ukraina);
  • Arina Ivanicheva – MDH va Sharqiy Yevropadagi «Gigo» kompaniyasining vakili (Rossiya);
  • Dmitriy Gayev – «ROBOLAB Xalqaro ta’lim» loyihasi rahbari (Belarusiya);
  • Mayya Kurmanbayeva «Kazinterservis» (Qozog‘iston).

Shuningdek, mahalliy «Lider» va «Sehriyo» nodavlat ta’lim muassasalarining quyidagi vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi:
Laura Sultanova, Elba Shakasimova, Dildora Xudoyberganova, Aleksandr Ibragimov, Olga Suxanova, Natalya Dyomina, Nargiz Fayzullayeva, Lola Abdullayeva va Gayane Danilova.

STEAM Fest festival dasturi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 + 17 =