O’ZBEKISTONDAGI ITALIYA ELCHISI O’ZDJTUGA TASHRIF BUYURDI

03.02.2021

2021 yil 3 fevral kuni Italiyaning O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Agostina Pinna janoblari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida, martabali mehmon universitet faoliyati bilan tanishtirildi. Jumladan, universitet axborot-resurs markazi, universitet qoshidagi Innovatsion markaz, Tarjimonlik fakulteti ish jarayonlari mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Shundan so’ng, Agostina Pinna janoblari va OzDJTU rektori U.Azizov o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
-Universitetda italyan tilini oqitilishi;
-Italyan tilini va madaniyati markazini tashkil qilish;
-Italiya OTMlari bilan turli yo’nalishlar bo’yicha tarmoq yoki qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish va shu kabi.

Shu kuni universitetda italyan tili va madaniyatini o’rganayotgan talabalar Agostina Pinna e’tiboriga badiiy chiqishlar namoyish etdilar, qolaversa elchi janoblari bilan dildan suhbat qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 14 =