O‘ZBEKISTONDAGI NEMIS TILI O‘QITUVCHILARINING 14-ANJUMANI O’Z ISHINI BOSHLADI

04.11.2021

2021-yilning 4-5-noyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan 200 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari o‘z malakalarini oshirish va tajriba almashish maqsadida uchrashmoqdalar.

Anjuman Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan Gyote instituti (GI), Shveytsariya elchixonasi, Avstriya elchixonasi, Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida faoliyat yurituvchi oʻqituvchilar, shuningdek, Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi (dvv) va O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari uyushmasi (DLV) hamkorligida tashkil etilmoqda. Anjumanda Germaniya va Avstriyadan mehmonlar videokonferensiya orqali ishtirok etmoqdalar.

Ikki kun davomida turli mavzularda seminarlar o’tkaziladi. Seminarlarni germaniyalik va o‘zbekistonlik ma’ruzachilar olib boradilar, ular nemis tilini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli mavzularni taqdim etadilar.

Anjumanda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar uchun bu har doim tajriba almashish va O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari uyushmasi doirasida o‘z fanini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishda ishtirok etish imkoniyatidir.

Nemis tili chet tili sifatida O‘zbekistonda muhim va sifat jihatidan yuqori o‘rinni egallaydi va shuning uchun ham maktab o‘quvchilari va talabalar orasida mashhurdir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × five =