O’ZDJTU ADIGEY DAVLAT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKNI YANADA KENGAYTIRMOQDA

20.12.2022

Adigey davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Makerova Susanna Rashidovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Ingliz tili 1-fakul’teti va ingliz tili 3-fakulteti dekanlari boshchiligida O‘zDJTU jamoasi mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari uchrashuvni tashkil etildi.

Uchrashuvda ingliz tili 1-fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dosent (PhD) A.G. Yuldashev, ingliz tili 3-fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi (PhD) Z.N. Abdusamadov, Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova, Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor M.R. Galieva, filologiya fanlari doktori, professor Q.O. Saparova, Ingliz tili o‘qitish metodikasi №3 kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi (PhD) M.X. Dalieva, filologiya fanlari doktori, professor G. Ergasheva, pedagogika fanlari nomzodi, dosent A.B. Raxmonov, filologiya fanlari nomzodi (PhD) T.S.Ismoilov, filologiya fanlari nomzodi (PhD) N. Maxmudovalar qatnashdi.

Uchrashuv qatnashchilari o‘zaro hamkorlik masalasida o‘zlarini qiziqtirgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qildilar. Ingliz filologiyasi kafedrasi Ol’ga Dragoy rahbarligidagi Oliy Iqtisodiyot maktabi (OIM) qoshidagi “Til va tafakkur” markazining tajribali xodimlarining ilmiy maslahatlari bilan ishlay boshlagan eksperimental tilshunoslik masalalari muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘ldi.

Bu tajriba ikki tillilik muammolariga qiziqish, ikki til kodlarining tashuvchilari, ya’ni adiglar (cherkeslar) bilan bog‘liq. O‘zbek tili egalari ham ikki va ko‘p tilli ekanligi xorijlik mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.

Suhbat yakunida quyidagilar belgilab olindi: ikki oliy ta’lim muassasasining filologiya fakultetlari va kafedralari o‘rtasida avval tuzilgan memorandum asosida xalqaro hamkorlik; eksperimental laboratoriyani bosqichma-bosqich rivojlantirishda qatnashish; “O‘zbekistonda ikki tillilik muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv; olimlarning xalqaro miqyosda stajirovkalarini tashkil etish; eksperimental tilshunoslikka asoslangan ilmiy loyihalar va dissertasiyalarni hamkorlikda ishlab chiqish.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 2 =