O’ZDJTU BILAN HAMKORLIK KELISHUVI IMZOLANDI

26.10.2023

Bugun, 26 oktyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda “Yangi Media Ta’lim Markazi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Beruniy Alimov o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida, tomonlar o’z tashkilotlari haqida ma’lumot berib o’tdilar. Jumladan, I.Tuxtasinov universitetda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida to’xtalib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o’tdi.

O’z navbatida, markaz direktori B.Alimov taqdim etilgan ma’lumotlar uchun universitet rektoriga rahmat aytib, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan ko’p qirrali hamkorlik qilishga, nafaqat talabalar, balki doktorant va professor-o’qituvchilarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Samimiy ruhda o’tgan uchrashuv so’ngida, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Yangi Media Ta’lim Markazi rahbarlari Hamkorlik kelishuvini imzoladilar.

Yoshlarning media va axborot savodxonligini o’zaro rivojlantirish, ijtimoiy hamkorlikni o’shirish hamda nodavlat va notijorat tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ushbu bitim doirasida tomonlar quyidagilarni amalga oshirishga kelishib olishdi:

  • media va axborot savodxonligi sohasidagi o’zaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida, talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek professor-o’qituvchilar uchun treninglar va seminarlar tashkil qilish;
  • davlat va xalqaro grantlar doirasida xorijiy tashkilotlar, fondlar va donorlarni jalb etgan holda ta’limga qaratilgan ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish;
  • hamkorlikda mediasavodxonlikga qaratilgan akademik dasturlar, kurslar ishlab chiqish, ilmiy konferentsiyalar, onlayn va offlayn anjumanlar tashkil etish va hokazo.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + eleven =