O’zDJTU DELEGATSIYASI YAPONIYANING SUKUBU UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

05.12.2022

Bugun, 2022-yil 5-dekabr kuni O’zDJTU rektori Azizov Ulugʼbek Botirovich rahbarligidagi universitet delegatsiyasi Yaponiyaning Sukuba universitetiga tashrif buyurdi.

Sukuba universiteti prorektori, professor Kerolin Benton delegatsiya a’zolarini universitet faoliyati bilan tanishtirdi. Oʼz navbatida, OʼzDJTU vakillari esa O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining akademik yoʼnalishlari, oʼquv jarayoni va xalqaro aloqalari haqida soʼzlab berishdi.

Uchrashuv davomida OʼzDJTU rektori U.Azizov “Oʼzbekistonda akademik madaniyatni tushunish: mamlakat oliy taʼlimini xalqarolashtirish yoʼlidagi kognitiv muammolar” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada Sukuba universiteti professor-oʼqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Ma’lumot o’rnida, Sukuba universiteti 150 yillik tarixga ega boʼlib, 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, shundan 2 ming nafari chet ellik talabalar hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 14 =