O’ZDJTU O’QITUVCHISI ‘JASSO’ QOSHIDAGI YAPON TILINI O‘QITISH MARKAZIDA DARS OLIB BORDI

29.01.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti, Yapon filologiyasi kafedrasi dotsenti Ibragimova Malika Musayevna 2024-yil 20-yanvardan 27-yanvarga qadar Yaponiyaning JASSO (Japan Student Services Organization) tashkiloti qoshidagi Yapon tilini o‘qitish markazida ma’ruza o‘qish va yapon tilidan dars o‘tish maqsadida Yaponiyada xizmat safarini amalga oshirdi.

Maʼlumot oʻrnida, JASSO qoshidagi Yapon tilini o‘qitish markazida chet ellik oʻqituvchilar va talabalar yapon tilini o‘rganib, malaka oshirishadi.