O’ZDJTU RAHBARIYATI AMERIKA KENGASHI VAKILLARI BILAN VASHINGTONDAGI OFISDA UCHRASHDILAR

08.12.2021

2021 yil 7 dekabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori U.Azizov va universitet xalqaro ishlar bo’yicha prorektori A.Abidjanov Vashington shahrida (AQSh) Amerika Kengashining (American Councils) prezidenti David Patton, Kengash vitse-presidenti Maykl Kurtiz va Kengash boshqaruv direktori Graham Hettinger bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida rektor U.Azizov O’zbekistonda ingliz tilini o’qitish va o’rgatish buyicha amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar to’g’risida so’zladi va respublikada oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ingliz tili o’qituvchilarining akademik yozish ko’nikmalarini oshirish zarurligini va bu borada Universitet Amerika Kengashi yordamida AQShdan mutaxassislarni respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish masalalarida hamkorlik qilishda tayyor ekanligini ta’kidladi.

Ushbu hamkorlik o’z navbatida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan strategik maqsadlarga erishishda hamda respublikadagi oliy ta’lim muassasaslarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds world University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of world Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o’rindagi oliy ta’lim muassasalari ro’yxatiga oily talim oqituvchilarining akademik yozish va ularni xalqaro e’tirof etilgan jurnallarda maqolalarini chop etishlariga erishish orqali kiritishga yordam beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 11 =