O’zDJTU TA’LIM SOHASIDA AQSH BILAN HAMKORLIKNI YANADA KUCHAYTIRADI

23.08.2019

Bugun, 23 avgust kuni Amerika Qo’shma Shtatlarining Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha Davlat kotibi yordamchisi, Jamoat diplomatiyasi va matbuot ishlari bo’yicha o’rinbosar janob Jonatan Xenik O`zbekiston davlat jahon tillari universitetidaga tashrif buyurdi. Mehmonga O’zbekistondagi AQSh elchixonasi jamoatchilik bilan ishlash bo’limi hodimlari Jon Braun, hamda Feruz Akobirovlar xamrohlik qildilar.

Mehmonlar O’zDJTU rectori G’anisher Rahimov boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan uchrashib, universitetda xorijiy tillarning, jumladan ingliz tilini o’qitilishi, ushbu yo’nalishda olib borilayotgan keng qamrovli isloxotlar, qolaversa ta’lim sohasida halqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Shu kunning o’zida mehmonlar, O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markaziga ham tashrif buyurdilar, hamda Markaz direktori Ulug’bek Azizov bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida, U.Azizov markaz faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirib, AQSh elchixonasi bilan yaqindan olib borilayotgan ko’pqirrali hamkorlik haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar kelajakda ham samarali aloqalarni davom ettirish haqida kelishib olishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 + nineteen =