O’zDJTU VA HINDISTON MADANIYAT MARKAZI O’RTASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

28.10.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlayotgan OTMlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Jumladan, joriy yilning 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi Hindiston madaniyat markazi direktori D-r Shekxar Chander bilan O’zDJTU rektori U.B.Azizov rahbarligidagi universitet vakillari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari (Deli universiteti va b.) bilan tillarni (hind va ingliz tillari) o‘qitish, jurnalistika, AKT va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish; talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy materiallar almashinuvi kabi masalalarni muhokama etdilar.

Shuningdek, rasmiy uchrashuv chog’ida O‘zDJTUda Hind tili va madaniyati markazini tashkil qilish va ushbu markaz uchun texnik vositalar, o‘quv-uslubiy va mamlakatshunoslikka oid materiallar ajratish masalasi ham ko’rib chiqildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 3 =