O‘ZDJTUDA “BITIRUVCHILAR YARMARKASI” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

01.03.2023

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar uchun “Bitiruvchilar yarmarkasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bunday tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – universitet bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ularning kelgusidagi ish joylarini tanlashlariga ko‘maklashish, bo‘lajak kadrlarni ish beruvchilar bilan tanishtirish hisoblanadi.

Ushbu tadbir natijasida, ishlash istagini bildirgan universitet talabalari taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot olish bilan birgalikda ishlash uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar imzolashga ham erishdilar.

Ingliz tili 2-fakulteti – 21 ta,
Ingliz tili 3-fakulteti – 12 ta,
Sharq filologiyasi fakulteti -10 ta,
Tarjimonlik fakulteti-14 ta,
Rus filologiyasi fakulteti – 22 ta,
Roman-german filologiyasi fakulteti – 13 ta,
Media va kommunikatsiya fakulteti – 22 ta,

Jami: 114 ta uch tomonlama shartnoma rasmiylashtirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + 8 =