O’zDJTUDA BRITANIYA KENGASHI BILAN HAMKORLIKDA XALQARO SIMPOZIUM BO’LIB O’TMOQDA

03.03.2020

O’zbekistondagi Britaniya Kengashi 2020-yilning 2-martidan 5-martiga qadar ingliz tili bilimlarini baholash tizimi haftaligini tashkil qilmoqda.

Haftalik doirasida joriy yilning 3-4-mart kunlari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bilimlarni zamonaviy xalqaro baholash tizimining ta’lim sifatiga ta’siri” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tmoqda.

Mazkur simpozium O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan bir qator tadbirlarning muhim qismi sanaladi.

Tadbirda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi vakillari, shuningdek, OTMlarning professor-o’qituvchilaridan iborat 130ga yaqin ingliz tili mutaxassislari ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, xalqaro tajriba va fikr almashish maqsadida Buyuk Britaniyadan ham xalqaro mutaxassislar taklif etilgan.  Jumladan, Britaniya Kengashi mutaxassislari Viktoriya Klark va Joanna Moteram ham tadbirda ishtirok etmoqda. Ular ingliz tili bilimlarini baholashning samarali usullari, bu boradagi yangi tendensiyalar haqida ma’ruza qildilar.

Simpozium muhokama va muloqot tarzida tashkillashtirilgan bo’lib, bu – ingliz tili bilimlarini baholash yuzasidan umumiy tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy yordamchi bo’lib xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − eleven =