O’zDJTUDA “FORSAYT” INKUBATSIYA VA AKSELERATSIYA MARKAZINING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

31.03.2021

2021-yilning 31-mart kuni O‘zDJTU markaziy binosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT PARK) bilan hamkorlikda Forsayt inkubatsiya va akseleratsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki vakillari, faxriy mehmonlar va faol qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Markaz maqsadi — chet tillarni o‘qitish va ta’lim yo‘nalishida sog‘lom startap ekotizimini yaratish, qolaversa, biznes g‘oya va ilmiy innovatsion ishlanmalarni saralash, iste’dodlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ishlab chiqarishda mavjud muammolarga innovatsion yechim topishga ko‘maklashish. Shuningdek, yoshlar orasida startap loyihalarga qiziqishni o‘yg‘otish hamda ular orqali ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash.

Markaz vazifalari:

  • Universitetda sog‘lom startap loyixalar ekotizimini yaratish va rivojlantirish, talaba yoshlar orasida biznes jamoalarni shakllantirish va innovatsion loyihalar yaratishga tayyorlash uchun talaba yoshlarning tashabbuslarini aniqlash;
  • talaba yoshlar orasidagi biznes jamoalarini qo‘llab-quvvatlash, interaktiv kurslarni tashkil etish va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish;
  • universitet talabalari, magistrlari, doktorantlari va yosh olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • universitetning ilmiy, texnik va texnologik ishlanmalarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish;
  • universitetni milliy va xalqaro innovatsion dasturlarda ishtirokiga ko‘maklashish;
  • universitetning innovatsion faoliyati, startap loyiha va natijalarini respublika va xalqaro miqyosda namoyish etish.

Bugungi kunda «Forsayt» markazida talabalar o‘zining dastlabki innovatsion g‘oyalarini va startap loyihalarni taqdim etdilar, birinchi muvaffaqiyatli savdo mahsulotlar “Forsayt” devorlarida o‘z aksini topgan.

Ma’lumot o’rnida, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4966-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”ning 4-bandiga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 13-maydagi 11-8/2508-son xati va tashabbusi ostida, IT PARK bilan hamkorlikda, 2020-yil 24-avgustdagi universitet rektorining 412-son buyrug‘i bilan o‘z faoliyatini boshladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 2 =