O’zDJTUDA GERMANIYANING BOHUMDAGI RUR UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

11.09.2019

Bugun, 11-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning Bohumdagi Rur universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.


Germaniyalik mutaxassislar Dr. Karin Pittner (Germanistika bo’limi boshlig’i), Dr. Judit Berman (Bohum Rur universiteti professori), Dr. Stefen Berman (Bohum Rur universiteti professori) O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan bir qancha ta’limga oid masalalarni kun masalasiga qo’ydilar.

Jumladan, tomonlar Bohum Rur universiteti bilan hamkorlik, Erasmus+ dasturi loyihalari doirasida talaba va o’qituvchilar almashinuvi; germanistika yo’nalishi bo’yicha qo’shma dasturni yo’lga qo’yish; o’quv rejalarini takomillashtirish; tarjimonlik va jurnalistika yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + six =