O’zDJTUDA GERMANIYANING KONSTANS AMALIY FANLAR UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

28.10.2020

Bugun, 28-oktabr kuni Germaniyaning Konstans amaliy fanlar universiteti vakillari O’zDJTUga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Tatyana Timm (Turizm fakulteti professori), Florian Eysenberger (Turizm yo‘nalishi ilmiy tadqiqotchisi) O’zDJTU kampusi bilan tanishdilar, jumladan, universitet Axborot-resurs markazi hamda O’zDJTU huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi faolioyati bilan tanishdilar.

Shundan so’ng mehmonlar O’zDJTU rektori U.B.Azizov ishtirokidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda turizm va nemis tili yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish; turizm menejmenti va gid hamrohligi yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma (ikkita diplom) dasturini yo‘lga qo‘yish; nemis tilini o‘qitish va turizm yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish; OTM rahbarlari va mas’ul xodimlari tashriflarini tashkil qilish; turli xalqaro loyihalar, jumladan, Yevropa Ittifoqi Erasmus+, Jan Mone loyihalarini ishlab chiqish va ularda ishtirok etish; talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy materiallar almashinuvi; hamkorlikda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va master klasslar (jumladan, onlayn) tashkil qilish va ularda ishtirok etish kabi masalalarni muhokama qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 1 =