O’zDJTUDA GERMANIYANING SES TASHKILOTI EKSPERTI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

05.11.2019

Bugun, 5-noyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning SES tashkiloti eksperti Peter Shtruben bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Rasmiy uchrashuvda O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari Peter Shtruben bilan ta’lim sohasiga oid bir qancha masalalarni, jumladan, Peter Shtrubenning ingliz tili o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha rejasi muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar kredit-modul tizimiga o‘tishga oid takliflar, Germaniya OTMlari bilan turli sohalarda hamkorlik o‘rnatish masalalari bo’yicha muhokamalar olib bordilar.

Peter Shtrubenning O’zDJTUga navbatdagi tashrifi – ingliz tili mutaxassislari bilan yaqindan tanishish, ular bilan seminar va treninglar o’tkazishga qaratilgandir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 − two =