“HUEBER” NASHRIYOTI BILAN HAMKORLIKDA O’zDJTUDA SEMINAR TASHKIL QILINDI

28.01.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Germaniya bilan hamkorlik aloqalarini samarali davom ettirmoqda.

Jumladan, Germaniyaning “Hueber” nashriyoti 2019-yil 5-noyabr kuni O‘zDJTU rektoratida nemis tili professor-o‘qituvchilari uchun amaliy seminar o‘tkazilgan edi. Ana shu seminarning uzviy davomi sifatida Hueber nashriyoti vakillari bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 28-yanvardan 30-yanvarga qadar “Integrativ chet tili» seminar mashg‘ulotlari tashkil qilinmoqda. Seminar O’zDJTU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Germaniyaning “Hueber” nashriyoti vakili Kristina Ersh xonim bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda.

Roman-german filologiyasi fakultetida tashkil etilgan seminarni O’zDJTU Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori A.Abidjanov hamda fakultet dekani O.Xalillayev ochib berishdi.

Shundan so’ng Kristina Ersh xonim «Hueber» nashriyoti tomonidan nashr etilgan o’quv adabiyotlarini fakultet axborot-resurs markaziga taqdim etdi.

Uch kun bo’lib o’tadigan seminar davomida «Hueber» nashriyotida nashr etilgan kitoblar bilan ishlash strategiyasi va rejalarini o’rgatish, Integrativ chet tili mashg’ulotining mazmun-mohiyatini tushuntirish, „Menschen“ und „Sicher!“ darsliklarining qo’llanilishi, “Metod” va darslik hamda darslikni aniq qo‘llash haqida tushunchalar berib borish rejalashtirilgan.

“Integrativ chet tili» seminar mashg‘ulotlari 29-30-yanvar kunlari ham davom etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + eight =