O‘zDJTUDA ITALIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

23.11.2019

2019-yil 22-noyabr kuni Italiyaning mamlakatimizdan bo‘lib turgan delegatsiya a’zolari, Insumbriya universiteti internatsionalizatsiya masalalari bo‘yicha prorektori prof. Djordjio Maria Zamperetti, ushbu universitetning internatsionalizatsiya masalalari bo‘yicha vakili, prof. Fransesko Galli va Milan universiteti prorektori, madaniy tadbirlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, prof. Marina Karini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O’zDJTU tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A. Abidjanov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘lim boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani P. Omonov va italyan tili o‘qituvchilari ishtirok etdi.

A. Abidjanov mehmonlarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va italyan tili o‘qitilishi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga katta qiziqish borligini ta’kidlab o‘tdi.

Prof. Djordjio Maria Zamperetti Insumbriya universitetida ham chet tillari, xitoy, yapon, arab, rus va boshqa xorijiy tillar o‘qitilishi, filologiya, tarjimonlik fakultetlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Insumbriya universiteti talaba va o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yish, yozgi maktablarni tashkil qilish, turli yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish o‘z natijasini berishini aytib o‘tdi. Ushbu hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ilk bosqichda talabalar almashinuvi boshlash, keyinchalik qo‘shma dasturlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini e’tirof etdi. Buning uchun Anglashuv memorandumini imzolash lozimligini ma’lum qilib, tez kunlarda ushbu hujjatni imzolashga tayyorligini ta’kidladi.

Prof. Marina Karinaning ma’lum qilishicha, Milan universiteti Italiyadagi eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, ushbu universitetda 60 000 ga yaqin talaba tahsil oladi. Milan universitetida boshqa yo‘nalishlardan tashqari, lingvistika va madaniyatlararo muloqot bakalavriat yo‘nalishlari hamda Yevropa tillari va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. U Milan universiteti O‘zDJTU bilan ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Prof. Franchesko Galli va prof. Djordjio Zamperetti universitetlarimiz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida kredit mobillik loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkinligini ma’lum qilishdi.

X. Yuldashev O‘zDJTU 1994-yildan buyon Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi va keyinchalik Erasmus+ dasturi doirasida Yevropa universitetlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirib kelayotganligi va Italiya universitetlari bilan ham loyihalar ishlab chiqish hamda birgalikda ish olib borishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zDJTU AQSh va Rossiyaning bir qator universitetlari bilan qo‘shma ta’lim (double degree) dasturlarini amalga oshirayotganlini haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, O‘zDJTU yozgi maktablarni tashkil qilishda katta tajribaga ega ekanligini aytib, hozirgi kunda Germaniyaning Myunxen va boshqa universitetlari bilan loyiha tayyorlanganligini aytib o‘tdi.

A. Abidjanov Erasmus+ dasturining 2 va 3 yillik loyihalarini amalga oshirish yaxshi natija berishini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, respublika oliy ta’lim muassasalarining chet tillari o‘qituvchilari O‘zDJTUda muntazam ravishda malaka oshirishlarini aytib, ma’ruzalar o‘qish uchun italiyalik professor-o‘qituvchilarni O‘zDJTUga taklif qilish va tegishli sharoitlar yaratib berishi mumkinligi haqida gapirdi. Prof. Francheko Galli bu yo‘nalishda ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Muloqot so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor ta’kidlab o‘tdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 + 18 =