O’zDJTUDA “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN IJODIY KECHA BO’LIB O’TDI

02.10.2022

30-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ijodiy kecha uyushtirildi. Tayanch doktorantlar tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur ijodiy kechada O’zDJTU  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Boqieva Gulandom Hisamovna hamda ilmiy tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’yicha bo’limi boshlig’i Ergasheva Go’zal Kurbanaliyevnalar ham qatshashishdi.

Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Gulandom Hisamovna tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, badiiy chiqishlarga navbat berilib, o‘qituvchi-murabbiylarni qutlash uchun bir qator doktorantlar tabrik so’ziga chiqishdi. 2-bosqich doktoranti Avezov Elbek tomonidan ustozlarga bag’ishlov she’rlar va qo’shiqlar kuylandi. Ular tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi namoyish etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 4 =