O‘zDJTUDA OXFORD UNIVERSITY PRESS NASHRIYOTI VAKILLARI BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

21.06.2019

Joriy yilning 21-iyun kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga mehmonlar tashrif buyurdi.

Oxford University Press nashriyoti hududiy koordinatori Juliya Till va Oxford University Press nashriyoti xodimi Asel Baybatirovalar O’zDJTU rektori G’.Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida bir qancha masalalar muhokama qilinib, jumladan O‘zDJTUda Oxford University Press nashriyoti kitob do‘konini ochish; Oxford Test of English (OTE) Testlarini ishlab chiqish va testlarni o‘tkazish; qolaversa hamkorlikda darslik va o‘quv adabiyotlarini yaratish kabi masalalar keng muhokama etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + three =