O’zDJTUDA OXFORD UNIVERSITY PRESS NASHRIYOTINING RASMIY VAKOLATXONASI OCHILDI

02.10.2019

Oldin xabar berganimizdek, bugun 2-oktabr kuni Oxford University Press nashriyoti vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Rasmiy vakolatxona O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining axborot-resurs markazi qoshida tashkil etildi.

Vakolatxonaning tantanali ochilishida O’zDJTU rektori, prof. G’.Raximov, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari, qolaversa, Oxford University Press nashriyotining Markaziy Osiyodagi hududiy boshqarmasi menejeri Martin Curtis janoblari so’zga chiqdi.

Mezbon hamda mehmon tomonlarning qutlov nutqlaridan so’ng, Oxford University Press nashriyoti rasmiy vakolatxonasining ochilishi – «lenta kesish» marosimi bo’lib o’tdi va shundan so’ng barcha yig’ilganlar ushbu mo’jaz dargohga taklif etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 9 =