O’zDJTUDA TURKIYA UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

04.10.2022

Kuni kecha O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti prorektori Zekeriye Mizrak boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan rektor U.Azizov boshchiligidagi universitet vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Nejmettin Erbakan universiteti va OʻzDJTU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ikki tomonlama talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif  davomida mehmonlar O’zDJTUning Media va kommunikatsiya fakulteti qoshidagi «Media studiya» faoliyati bilan ham tanishdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × four =