O’zDJTUDA VEBSTER UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

13.02.2020

Joriy yilning 13-fevral sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Vebster universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mehmonlar Vebster universiteti Ingliz tili dasturlari direktori DJ Kayzer, MA TESL dasturi o‘qituvchisi Vinodini (Vino) Reardon O’zDJTU rektori  G’.Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan sohaga doir masalalar yuzasidan o’zaro fikr almashdilar.

Jumladan, 2020/2021-o‘quv yili uchun Vebster universiteti MA TESL dasturiga qabul kvotasi; 2020-yil avgust oyidan dastur doirasida dars berish uchun Vebster universiteti professor-o‘qituvchilarini O‘zDJTUga yuborish; Vebster universiteti bilan hamkorlikda yangi dasturlarni ochish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Ma’lumot o’rnida, O‘zDJTUda Vebster universitetining “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” (MA TESL) bir yillik magistratura dasturi 2018-yil sentyabr oyidan o‘z ishini boshlagan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − twenty =