O’ZDJTUDA XALQARO ARAB TILI KUNI KENG NISHONLANDI

18.12.2021

«18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni» munosabati bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbir arab tilidagi kitoblar taqdimoti va arab milliy taomlari dasturxoni bilan boshlandi. Shuningdek tadbirda, mashhur arab kalligrafi Haj Vafaaning ko’rgazma namoyishi ham bo’lib o’tdi.

Shundan so’ng barcha asosiy bayram dasturiga taklif qilindi va uni O’zDJTU rektori U. Azizov ochib berdi. Bayram tadbirida O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan arab davlatlari elchilari, jumladan, Falastinning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Muhammad Tarshaxa, Misr Arab Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmi xonim, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti, professor A.B. Abduxalimovlar ham ishtirok etib, arab tilida nutq so’zlashdi.

Tadbir davomida talabalar o’rtasida arab tilidagi notiqlik mahorati, she’rni ifodali o’qish va sahna ko’rinishlari bo’yicha bellashuv o’tkazildi. Dastur yakunida talabalar tomonidan  arab tilidagi go’zal nashidalar kuylandi va faol ishtirok etganlar taqdirlandilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − eight =