O’zDJTUDA XALQARO ARAB TILI KUNIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TMOQDA

15.12.2022

Bugun, 15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 18-dekabr — Xalqaro arab tili kuniga bag‘ishlangan «Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.  

O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur anjuman avvalida ishtirokchilar talabalarning kalligrafik ishlari ko’rgazmasi bilan tanishdilar.

Shundan so’ng, O’zDJTU faollar zalida anjuman ishi boshlandi. Anjumanni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Azizov Ulug’bek Botirovich kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Tashqi  ishlar vaziri maslahatchisi Abduxalimov Anvar Abdurahimovich, Xorijiy tilllarni o’rganishni ommalashtirish agentligi vakillari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari o’z tabrik so’zlari bilan qatnashdilar.

Anjuman ishida O’mon Sultonligining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Al Kasiri Ahmed Said Umar janoblari, Jazoir Oliy ta’lim vaziri maslahatchisi, doktor Мiloud Xalfalla, Nizva (O’mon Sultonligi) universitetining arab tili bo’yicha mutaxassisi, doktor Said Al-Zubaydiy, Nizva universiteti (O’mon Sultonligi) arab tili kafedrasi mudiri, doktor Masud Said Al Hadidiylar ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda shu sohada izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari ham qatnashmoqda.

Anjuman doirasida «2022-yilning еng yaxshi  arab tili o’qituvchisi» nominatsiyasi g’olibarini taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tishi kutilmoqda.

Taqdirlash marosimidan so’ng anjuman sho’balarga bo’lingan holda davom etadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × three =