O’zDJTUDA YAPONIYANING TSUKUBA UNIVERSITETI BILAN WEBINAR TASHKIL ETILDI

05.03.2021

Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya fakulteti Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi va Yaponiyaning Tsukuba universiteti hamkorligida onlayn vebinar oʼtkazildi.

1 bosqich talabalari onlayn oʼzlari zummga kirgan xolda, yuqori bosqich talabalari esa bevosita Oʼzbekiston jaxon tillari universitetining konferensiya zalida zoom ilovasi orqali Yaponiyalik mutaxassislar bilan muloqot oʼrnatishdi. Dars ikki qismdan iborat boʼldi.

Darsning birinchi qismida Tsukuba universiteti professori Sasayama sensey Yaponiyada taʼlim, Yaponiya madaniyati bilan tanishtirildi va Tsukuba universiteti haqida, xususan, universitetda taʼlim va grantlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Soʼng Ito sensey Yaponiyaning Ovari viloyati shevasi haqida qiziqarli seminar oʼtdilar. Vebinarda talabalar tomonidan mavzu doirasida berilgan savollarga yaponiyalik professorlar javob berishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 1 =