O’zDJTUGA ADIGEY DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI TASHRIF BUYURDI

06.07.2019

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida bir qancha amaliy natijalarga erishmoqda. Xususan, bugun, 6-iyul kuni Adigey davlat universiteti (ADU) rektori Mami Daud Kazbekovich hamda Xalqaro fakultet dekani Susanna Tlexatuk Ruslanovnalar O’zDJTUga tashrif buyurdi. ADU vakillari O’zDJTU rektori G’anisher Raximov Xudoyqulovich rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Adigey davlat universiteti bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida rus tili va zamonaviy axborot texnologiyalari yo’nalishida Qo’shma dasturni yo’lga qo’yish masalalarini muhokama qildilar.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, O’zDJTU rektorining Adigey davlat universitetiga tashrifi chog’ida 2018-yilning 19-dekabr kuni ADU va O‘zDJTU o‘rtasida Hamkorlik asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bitim imzolangan edi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + six =