“O‘ZSTANDART” AGENTLIGI TALABALARNI XORIJDA AMALIYOT O‘TASHGA YUBORISH UCHUN TANLOV E’LON QILADI

10.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4419-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 3- va 4-bosqich talabalarini  tajriba orttirish va amaliyot o‘tash  uchun xorijga yuborish uchun tanlov e’lon qiladi!

Tanlov shartlari:

1. Xorijga o‘quv amaliyotga yuborish bo‘yicha nomzodlar hujjatlarini 2020 yilning 1-10 fevralgacha “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutidagi Tanlov komissiyasi mas’ul kotibiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati nomidan tavsiya xati;
  • sinov dafatarchasidan ko‘chirma, bunda sinov daftarchasidagi reyting ko‘rsatkichlari 80 balldan yuqori bo‘lishi va 3 (uch) baho bo‘lmasligi kerak;
  • talaba haqida ma’lumotnoma (obyektivka);
  • chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolalaridan nusxa;
  • xorijiy tilni CEFR B2 darajada bilishi, axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat, guvohnoma va b.);
  • ta’lim olayotgan muassasasi tomonidan berilgan  tavsifnoma;

2. Xorijiy davlatlarga o‘quv amaliyot kurslarida malaka oshirish uchun nomzodlarga quyiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • amaliyotga borayotgan o‘quv laboratoriya markazlari va ish faoliyati bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarga, mavjud muammolar va ularning ilmiy – amaliy yechimi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  • o‘quv amaliyotini o‘tab kelgach mahalliy sinov va kalibrlash laboratoriyalarda muddatli shartnoma asosida kamida olti oydan bir yilgacha muddat davomida ishlab berishini kafolatlashi talab etiladi.

3. Tanlov  2020-yilning 20-25-fevral kunlari ushbu Nizom talablariga ko‘ra, hujjatlarini to‘liq topshirgan talabgorlar sonidan qat’iy nazar barcha nomzodlar uchun o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi tanlovda talab etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar kesimidan tayyorlangan test savollari asosida bo‘ladi. Tanlov komissiyasi barcha a’zolari ishtirokida sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini aniqlash uchun test natijalari 80 balldan yuqori bo‘lgan talabalar bilan suhbat o‘tkaziladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 3 =