OʻZBEKISTON-KOREYA REKTORLARI FORUMI O‘Z ISHINI SEKSIYALARGA BO‘LINGAN HOLDA DAVOM ETTIRMOQDA
27.03.20231-seksiya ishida universitetlarning iqtisodiy oʻsishga qaratilgan innovatsiyalar va texnologiya sohalaridagi tashabbuslar, shuningdek, ilgʻor muhandislik maktablarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va taʼlim hamkorligi masalalari muhokama qilinmoqda.
Muzokaralarda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Toshkent arxitektura-qurilish, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetlari, Toshkent kimyo-texnologiya hamda Andijon mashinasozlik institutlari rektorlari, Koreya tomonidan esa Tongmyong, Kukmin, Yongnam oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish
Ikkinchi seksiyada ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari, Samarqand davlat, Qoraqalpoq davlat, Qarshi davlat, Urganch davlat, Termiz davlat universitetlari, Koreyaning ham qator oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.