OʻZBEKISTONDA PROFESSIONAL TAʼLIMI GERMANIYA TAJRIBASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRILMOQDA

05.07.2024

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yoaxim Fritz, “Oʻzbekistonda professional taʼlim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari qoʻllab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg hamda loyiha eksperti Elena Sabirova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikning istiqboldagi rejalari, jumladan, professional taʼlim muassasalarda dual taʼlimni rivojlantirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va professional taʼlim dasturlarini Germaniya tajribasi asosida takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan Germaniyaning kasbga yoʻnaltirish sohasidagi ilgʻor tajribalarini Oʻzbekiston professional taʼlim tizimiga joriy etish, xorijiy donor tashkilotlarning amalga oshirayotgar ishlarini muvofiqlashtirish, professional taʼlim sohasida yashil koʻnikmalarni tatbiq qilish, Germaniyaning oʻqitish metodikalari asosida oʻqituvchilarni tayyorlashda imkon qadar koʻproq mutaxassislarini jalb etish takliflari bildirildi. 

Shuningdek, kelgusida loyiha bilan xususiy sektorning professional taʼlimdagi ishtirokini kuchaytirish, dual taʼlim sohasini takomillashtirish, tadbirkorlik koʻnikmasi boʻyicha oʻqitish ishlarini davom ettirish, boʻsh ish oʻrinlarini izlab topish, hujjatlarni rasmiylashtirish, oʻquvchilarning ish topish va suhbat jarayonida ishtirok etish koʻnikmalarini shakllantirishga moʻljallangan “Karyerani rivojlantirish kursi” oʻquv dasturi asosida pedagog kadrlar uchun seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 + 1 =