“PANDEMIYA DAVRIDA CHET TILLARNI O‘QITISH STRATEGIYALARI” — XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN ANJUMAN O’Z ISHINI BOSHLADI

16.04.2021

Bugun, 16-aprel kuni O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan O‘zDJTU, Yaponiyaning Sukuba universiteti hamda “Til va adabiyot ta’limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” ilmiy-metodik jurnali hamkorligida “Pandemiya davrida chet tillarni o‘qitish strategiyalari” (Strategies in Teaching Foreign Languages during the Pandemic) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkazilmoqda.

Anjumanning maqsadi koronavirus pandemiyasi davrida chet tillarni o‘qitish metodologiyasi, sohadagi texnologiyalar integratsiyasi va onlayn darslar, ularning samaradorligi hamda muammolari yuzasidan tajriba va ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat. Onlayn anjuman masofaviy ta’lim istiqbollari hamda ta’lim sifatini ta’minlashning ustuvor vazifalari yuzasidan tajriba almashishda qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Anjumanning birinchi qismida respublika vazirlik va boshqa muassasalar mutasaddi xodimlari, xalqaro tashkilot va o‘quv markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida onlayn yalpi yig‘ilish (a plenary session) o‘tkazilmoqda. Ikkinchi qismida esa alohida sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha Yaponiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlar mutaxassis va referentlarining ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, bahs-munozaralar tashkil etilishi kutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × one =