PARANA FERDERAL UNIVERSITETI BILAN MUMORANDUM IMZOLANDI

04.12.2024

Braziliyada bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Parana Federal universitetiga (Universidad Federal de Paraná, UFPR) tashrif buyurdi.

Tashrif ikki universitet vakillari uchrashuvi bilan boshlandi. Uchrashuvda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda UFPR rektori Ricardo Marcelo Fonseca ilm, fan va innovatsiyalar bo’yicha qator masalalrni muhokama qildilar. Do’stona o’tgan uchrashuv yakunida tomonlar Hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ma’lumot uchun: Universidad Federal de Paraná (UFPR) 1912-yilda tashkil etilgan va Braziliyaning eng qadimgi universiteti hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi Parana shtatining markazi bo‘lgan Kuritibada joylashgan. Universitet 100 dan ortiq bakalavriat va magistratura dasturlariga ega. Ekologiya, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash, tilshunoslik va texnologik innovatsiyalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilgan.

Tashrif doirasida 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh Assambleyasining 43-yig‘ilishi oldidan «O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Odatga ko‘ra, delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tadbirdan O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid ko‘rgazma materiallari, O‘zbekiston bayrog‘i, milliy liboslar, so‘zana, hunarmandchilik namunalari namoyishi oʻrin oldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 5 =