PEDAGOGLAR QO’SHMA DASTUR ASOSIDA MALAKA OSHIRDILAR
14.10.2024Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti va Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatga mo’ljallangan qo‘shma malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Mazkur malaka oshirish kursining 72 soati 16–28-sentyabr kunlari Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘tkazildi, 72 soati esa, 30-sentabrdan 12-oktabrgacha Finlandiyaning yuqori reytingli universitetlarida bo‘lib o‘tdi.
Kurslar yakunida ishtirokchilarga davlat namunasidagi malaka attestati va maxsus xorijda malaka oshirganlik sertifikatlari berildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.