PORTSMUT UNIVERSITETI BILAN QO’SHMA DASTUR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

15.10.2024

15-oktyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Britaniyadagi Portsmut universitetining Gumanitar va ijtimoy fanlar fakulteti ijrochi dekani Stefen Korbett tashrif buyurdi va rektor I.Tuxtasinov boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorliklar va ingliz tili boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

I. Tuxtasinov Portsmut universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, talaba va tadqiqotchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni ilgari surdi.

S.Korbett o’z navbatida 1+1 formatdagi Ingliz tili TESOL mutaxasisligi boʻyicha qoʻshma magistratura dasturini yoʻlga qoʻyish bilan ish boshlash ijobiy natija berishini taʼkidlab oʻtdi.

OʻzDJTU rektori 3+1 formatida bakalavr taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ham qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish, bunda 4-bosqichning birinchi semestrida Portsmut universiteti professor-oʻqituvchilarini OʻzDJTUga taklif qilish, mashgʻulotlarni shu yerda tashkil etish, ikkinchi semestrda talabalarni Portsmut universitetiga yuborish toʻlov miqdorini sezilarli daraja qisqartirish imkonini berishini taʼkidladi. S.Korbett OʻzDJTU oʻqituvchilarini ham ushbu jarayonga jalb qilish mumkinligini eʼtirof etdi.

Bundan tashqari, talabalar almashinuvi, ular uchun stajirovka va amaliyot dasturlari, xususan, yozgi va qishki lagerlar tashkil qilish aloqalarni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi borasida fikr almashinildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 − five =