PREZIDENT MAKTABLARI QANDAY BO‘LADI? NIZOM TASDIQLANDI

06.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Prezident maktablarini tashkil etish chora–tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 20 fevraldagi PQ–4199-son qarori ijrosi hamda Prezident maktablari faoliyatini samarali va sifatli tashkil etishni ta’minlash uchun huquqiy asoslarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda o‘quvchilarning intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini baholagan holda ularni qabul qilish belgilab olingan. Shuningdek Prezident maktablariga xorijdan malakali mutaxassislar tanlab olish ham ko‘zda tutilgan.

 Prezident maktabi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, shuningdek, o‘z nomi ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, logotipga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi. Butun Respublika bo‘ylab 14 ta Prezident maktablari tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan maktablar ta’sischisi Xalq ta’limi vazirligi hisoblanadi.

Prezident maktablari bevosita Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Vazirlik maktablar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.

Prezident maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.

Manba: xabar.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 15 =