PREZIDENT NUKUSDAGI TEXNOPARKNI KO‘ZDAN KECHIRDI

31.03.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko‘rdi.

Bu majmua yoshlarning iqtidor va ko‘nikmalarini shakllanitirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan. Xususan, kompyuter savodxonligi, grafik dizayn, robototexnika, 3D modellashtirish, akseleratsiya kabi 9 ta yo‘nalishda yiliga 1 ming 500 yigit-qiz tahsil olishi mumkin. Buning uchun zamonaviy texnika, laboratoriya va ustaxona uskunalari o‘rnatilgan.

Hozirgi kunda o‘quv kurslari bitiruvchilarining g‘oyalari startap shakliga keltirilib, “Bo‘lajak olim”, “Technoways”, “Start4 Region” kabi tanlovlarga 50 ga yaqin loyiha topshirilgan. Shuningdek, “Orol dengizining qurg‘oqchil hududida urug‘chilik plantatsiyasini tashkil etish” mavzusida umumiy qiymati 955 million so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu dengizning qurigan tubidagi yerlardan foydalanish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirishga xizmat qiladi.  

Umuman olganda, ushbu texnopark yoshlarning intilish va g‘oyalarini takomilga yetkazguncha yordam beradi.

Davlatimiz rahbariga yosh fermer va olimlarning quritilgan organik pomidor, oqova suvlarni tozalash va baliqlarga ozuqabop o‘simlik loyihalari haqida ma’lumot berildi. Yashil texnologiyalarga asoslangan bu loyihalar Yevropa davlatlarining sertifikatlariga sazovor bo‘lgan.

Prezidentimiz bu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga kengroq joriy etish kerakligini ta’kidladi.

https://president.uz/uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

три + двадцать =