PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI TIZIMI XODIMLARI MALAKA OSHIRDILAR

23.08.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan an’anaviy o‘tkaziladigan “Avgust kengashlari” tadbirlari doirasida joriy yilning 21–22-avgust kunlari tegishli vazirliklar, Yevropa Ittifoqi, YUNESKO, Shveysariya hukumati va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda jalb qilingan xalqaro ekspertlar ishtirokida professional ta’lim muassasalari tizimi xodimlari uchun o‘quv kurslari olib borildi.

Kurslarda professional ta’lim muassasalarining 100 nafarga yaqin rahbar xodimlari ta’limda sifatni ta’minlash, baholash metodologiyasi, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etish kabi mavzularda o‘zaro tajribalar almashishdi.

Seminar-treningda xalqaro ekspertlar, vazirlik va ish beruvchilar vakillari hamda professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida yengil sanoat yo‘nalishdagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ta’lim muassasasi va korxona o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, dual ta’limning huquqiy asoslari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, loyiha doirasida tayyorlangan Kasbiy standartlar asosida ta’lim dasturini ishlab chiqish bo‘yicha metodik qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 2 =