O‘zDJTUDA GERMANIYANING RUR UNIVERSITETI PROFESSORLARI UCH KUNLIK SEMINARNI BOSHLADI

22.04.2019

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, Toshkentdagi Gyote instituti, Fridrix Ebert jamg’armasi, Robert Bosh jamg’armasi, Germaniyaning akademik almashinuv xizmati (DAAD), O’zbekistondagi Germaniya elchixonasi, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining bir qancha oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va madaniyat sohasida hamkorlik qilmoqda. Germaniyaning Geydelberg pedagogika instituti, Leypsig universiteti, Iogann Gutenberg nomidagi Mayn universiteti, Boxumdagi Rur universiteti  shular jumlasidandir.

Shu qatorda, O’zDJTU Yevropaning “Erasmus+” dasturi doirasida ham bir qancha hamkorlik loyihalarini amalga oshiradi. Loyiha doirasida professor-o’qituvchilar, talabalar, magistrant hamda doktorantlarnining almashinuvi ham nazarda tutilgan.

Ana shunday hamkorlik aloqalaridan biri sifatida joriy yilning 22-aprel kuni Boxum (Germaniya)dagi Rur universiteti professorlari janob Daniyel Xendel va Karmen Drayer xonimning O’zDJTUga tashrifini keltrish o’rinlidir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, mazkur tashrif “Erasmus+” dasturi doirasida amalga oshirildi.

Kunning birinchi qismida mutaxassislar O’zDJTU o’qituvchi va talabalari uchun ma’ruza o’tdi, unda Rur universiteti faoliyati, ta’lim yo’nalishlari  haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kunning ikkinchi qismida O’zDJTU rektori G’.X.Raximov va germaniyalik mutaxassislar janob Daniyel Xendel hamda Karmen Drayer xonim bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida tomonlar “Erasmus+” loyihasi doirasida nemis tili va madaniyatini universitetda o’rgatish bo’yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, Rur universiteti professorlari “Roman-german” fakulteti mutaxassislari bilan O’zDJTUda uch kunlik seminarda bo’lib, unda bir qancha ma’ruzalar, jumladan, “Badiiy matn ustida ishlash” kabi mavzularda taqdimotlar qiladilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − five =