QADIMIY GANJA SHAHRIDA ALISHER NAVOIY NOMIDAGI OʻZBEK TILI VA MADANIYATI MARKAZI OCHILDI

17.09.2024

Ozarbayjon Respublikasining qadimiy Ganja shahrida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot instituti va uning Ganja bo‘limi, Ganja shahar hokimiyati va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan «Turk dunyosining Ozarbayjon-O‘zbekiston modeli» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya doirasida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Ganja bo‘limida universitetimizning Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi.

Ushbu markaz nafaqat zamonaviy ilmiy-pedagogik faoliyat markazi, balki Alisher Navoiyning boy adabiy merosini ko‘rgazmali tarzda aks ettiruvchi miniatyuralar bilan bezatildi, hamda markazga universitet tomonidan 300 ga yaqin o‘zbek tilidagi badiiy, ilmiy asar topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − seven =