«QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM» RESPUBLIKA TANLOVI EʼLON QILINDI

21.06.2021

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yana-da oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlov tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

Birinchi  –  “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

Ikkinchi yo‘nalish g‘oliblari – “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

Uchinchi – “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Darvoqe, ularning davlat tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari respublikamiz miqyosida ommalashtiriladi.

Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (ichki raqam 232) telefon raqamlari orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 3 =