QALMIQ DAVLAT UNIVERSITETI DELEGATSIYASI O’ZBEKISTON OTMLARI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH UCHUN TOSHKENTGA KELDI

10.06.2019

Bugun, 10-iyun kuni B.B.Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti delegatsiyasi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rasmiy tashrif bilan keldi.

Delegatsiyaga Qalmiq davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari nomzodi, Qalmiq Respublikasida xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, Qalmiq Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq xo’jaligi xodimi, boshlang’ich kasb-hunar ta’limi faxriy xodimi Salayev Badma Katinovich rahbarlik qildi.

Tashrif davomida Qalmiq davlat universiteti rektori B. K. Salayev va O’zDJTU rektori G’.X.Raximovning uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikki oliy o’quv yurtining rahbar va professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan,  oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o’qituvchilari  almashinuvi,  tomonlar tomonidan ishlab chiqilgan yo’l xaritasi nuqtalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shma ilmiy jamoa tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar ikki oliy o’quv yurtlari bakalavr va magistrantlari uchun onlayn kurslarni ishlab chiqish bo’yicha aniq chora-tadbirlar muhokamasi ham bo’lib o’tdi

B.B.Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti delegatsiyasi O’zbekistonga tashrifi chog’ida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va hamkorlik yo’nalishlarini kengaytirish uchun qator universitetlarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 3 =