“RAQOBAT BILAN RIVOJLANISH SARI” TANLOVI E’LON QILINDI

19.11.2021

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 5-dekabr – Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan  “Raqobat bilan rivojlanish sari” nomli jurnalist va blogerlar hamda soha qiziquvchilari oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi!

Tanlov ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlarda  g‘olib bo‘lishlari mumkin:

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha:

–  Eng yaxshi reportaj

Bosma nashr yo‘nalishi bo‘yicha:

–  Eng yaxshi maqola

Internet nashr yo‘nalishida:

–  Eng yaxshi maqola

Ijtimoiy tarmoqlardagi blogpostlar yo‘nalishida

– Eng ommabop va qiziqarli blogpost.

Tanlov materiallarining tili: o‘zbek, rus, ingliz.

Ijodiy ishlar 2021-yilning 5-noyabrdan 30-noyabrgacha tanlov@antimon.gov.uz manziliga taqdim etilishi hamda  joriy yil 1-yanvardan 25-noyabrgacha boʻlgan davr oraligʻida yoritilgan materiallar boʻlishi shart.

Gʻoliblarni taqdirlash

Tanlov gʻoliblari joriy yilning dekabr oyida eʼlon qilinadi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishtirokchilardan 3 tagacha materiallar qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:  (+99871) 207-47-00 (225)

Batafsil: https://antimon.gov.uz/diqqat-tanlov/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 5 =