REFERENDUM YAKUNLARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

08.05.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitusiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.

“Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitusiyamizni qabul qildik.

Referendumda ishtirok etgan fuqarolarimizning mutlaq ko‘pchiligi “Bu – mening Konstitusiyam”, deb g‘urur bilan ovoz berdi.

Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko‘rsatdi.

Ushbu tarixiy tanlov orqali xalqimiz bundan olti yil oldin boshlagan islohotlarimizga katta ishonch bilan qarab, ularni to‘la qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi”, – dedi davlatimiz rahbari.

El-yurtimizning ana shunday azmu qarori asosida davlatchiligimiz va iqtisodiyotimizni bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilgani qayd etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × two =