RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY VA IJODIY YOSHLAR KONFERENSIYASIGA MAQOLALAR QABULI DAVOM ETMOQDA

20.02.2020

Joriy yilning 11-aprelida Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabi kongress zalida “Internet tarmog‘ida yoshlar: muloqotning ijtimoiy tomonlari, muammolar, zamon renovatsiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy va ijodiy yoshlar konferensiyasi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:


1-yo‘nalish: Yoshlar dunyoqarashining shakllanishida internetning o‘rni: mediaxavfsizlik


2-yo‘nalish: Raqamli iqtisodiyot: yangilanayotgan O‘zbekistonni IT platformalari, yangi texnologiyalar va biznes modellari orqali rivojlantirish yo‘llari

3-yo‘nalish: Axborot makoninining normativ-huquqiy asosi

4-yo‘nalish: Bloging va elektron jurnalistika etikasi: mediasavodxonlik

Konferensiya uchun maqolalar 2020-yil 20-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi institutning (Toshkent shahri, I.Karimov ko‘chasi 45-uy) tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etilishi mumkin.

O‘tkazilish vaqti: 2020-yil 11-aprel kuni soat 10.00 da (registratsiya 9:00 dan)

Anjuman o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtymquli ko‘chasi, 22-uy, «Aviagorodok-22». Mo‘ljal: “Ashxabod” istirohat bog‘i.

Axborot xati

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 5 =