RICHARD GUDOLL ISHCHI TASHRIFI BILAN O‘ZDJTUGA KELDI

15.01.2019

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Britaniyaning Ingliz tili o‘qituvchilarining Xalqaro maktabi direktori Richard Gudoll tashrif buyurdi va O‘zDJTU rektori G‘anisher Raximov Xudoyqulovich rahbarligidagi universitet vakillari ishtirokida rasmiyuchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar xorijiy tillarni o‘qitish, test sinovlari tizimi, shuningdek, ta’lim dasturini yanada takomillashtirish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Richard Gudoll universitetning professor o‘qituvchilari jamoasiga “Chegara bilmas ingliz tili” mavzusida ikki haftalik trening mashg‘ulotlarini tashkil qilishiga kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =